Maxfiylik siyosati
Bu sahifa duecall.uz sayti va Duecall xizmati qanday ma'lumotlarni, nima uchun va qancha vaqt ishlatishini tushuntiradi.
Saytdagi ariza
Pilot uchun ariza orqali yuborilgan ism, kompaniya, telefon, email va xabar faqat siz bilan bog'lanish va pilotni rejalashtirish uchun ishlatiladi. Ular bizning serverda saqlanadi va jamoamizning xabarnoma kanaliga yuboriladi. Uchinchi tomonga sotilmaydi.
Brauzerdagi demo
Demo suhbat namunaviy ma'lumotlar bilan o'tadi. Suhbat audio va matni nutqni tanish, javob yaratish va ovoz sintezi uchun tashqi AI xizmatlariga uzatiladi; suhbat matni va natijasi sifatni yaxshilash uchun bizning serverda saqlanadi. Haqiqiy shaxsiy yoki moliyaviy ma'lumot aytmang.
Telefonga demo
Kiritgan raqamingiz SMS kod yuborish va bitta sinov qo'ng'irog'i uchun ishlatiladi. Qo'ng'iroq matni va natijasi demo bilan bir xil shartlarda saqlanadi. Raqamingiz boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
Mijoz tashkilotlar uchun xizmat
Mijozning ro'yxati, qo'ng'iroq natijalari, transkript va yozuvlar — mijozning buyurtmasi bo'yicha, shartnomada belgilangan muddat va joyda (bulut yoki mijozning serveri) saqlanadi. Nutq xizmatlari uchun tashqi AI provayderlar ishlatilishi va ularning shartlari shartnomada ko'rsatiladi. Qo'ng'iroq yozib olinishi haqida mijozning qarzdoriga suhbat boshida aytiladi.
Huquqlaringiz
Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rash uchun sahifa pastidagi aloqa manzillariga yozing. So'rovlar bir ish haftasi ichida ko'rib chiqiladi.